Jizzaxda FVB mansabdori 3 mln so‘m bilan ushlandi

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi, deb xabar berdi DXX.

Mirzacho‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan yong‘in xavfsizligi kamchiliklari yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. 

U maskanni yopib qo‘ymaslik va hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pulni ovqatlanish maskani rahbaridan olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.