“Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Dastur davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Hukumatning “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Dastur davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Uning doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi:

  • 30 yoshga to‘lgan;
  • kamida magistr akademik darajasiga ega; 
  • oliy taʼlim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan .

Dasturning o‘quv jarayonlari masofaviy va ishlab chiqarishdan ajralgan holda 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi.

Dastur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti va boshqa xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi.