O‘zbekistonning doimiy aholisi soni maʼlum qilindi

Ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan.

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 mln nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur ko‘rsatkich 2026-yil 1-aprel holatiga taqdi etilgan. Xususan, mamlakatning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan.

Shundan ayollar soni – 19,1 mln kishini, erkaklar soni esa 19,3 mln kishini tashkil etadi.

Shahar joylarda 19,6 mln kishi yashasa, qishloq joylarda 18,8 mln kishi istiqomat qiladi.