Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Harorat 20-25 darajaga, janubda esa 26-28 darajaga ko‘tariladi.

Shanba va yakshanba kunlari mamlakatning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Yakshanba, 19-aprel kuni Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Yakshanba, 19-aprel kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha shamol esishi kutilmoqda, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzgi harorat 20-25 darajaga, janubda esa 26-28 darajaga ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 17-19 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda dam olish kunlari davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

Bugun harorat 14-16 daraja, shanba kuni 19-21 daraja va yakshanba kuni 21-23 daraja iliq bo‘ladi. Sharqiy shamollar biroz esib turadi.