Toshkentning ikkita tumanida gaz o‘chiriladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 15:00 gacha) — “Xumoyun” mavzesi;

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha) — “Yo‘ldosh” MFY.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.