Obidjon Mo‘minov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mo‘minov 2024-yilda esa Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi Davlat boshqaruvi oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.