Endi kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi

Maxsus rejim doirasida O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar barqaror tokenlarni chiqarishi mumkin.

Adliya vazirligi Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Barqaror token qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng bo‘lgan token turi hisoblanadi.

Maxsus rejim doirasida O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar barqaror tokenlarni chiqarishi mumkin.

Maxsus rejim doirasida quyidagi tajriba-sinov loyihalari amalga oshirilishi mumkin:

  • milliy va xorijiy valyuta bilan taʼminlangan barqaror tokenlarni chiqarish;
  • O‘zbekiston hududida barqaror tokenlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish; 
  • xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun barqaror tokenlardan foydalanish;
  • blokcheyn texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimlarini yaratish.

Barqaror tokenlarni chiqarish uchun taʼminot sifatida faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘laridan foydalanilishi lozim.

Barqaror tokenlarga taʼminotni shakllantirish uchun kredit yoki garovga olingan mablag‘lar yoxud boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda maxsus rejim ishtirokchisini ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

Yangiliklar