2025-yilda O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillarning o‘rtacha soni 61 donani tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2010-yili 21 donaga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015-yili 42 donaga yetgan.
Ko‘rsatkich 2020-yili 49 donani, 2025-yili esa 61 donani tashkil etmoqda.