Surxondaryoda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimi ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.

Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, uning pulini noqonuniy o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs go‘yoki ushbu bo‘lim tez orada boshqa joyga ko‘chishini bildirib, bo‘shaydigan binoni yer maydoni bilan birgalikda tanishlari yordamida auksion orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 3 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 2 ming dollar va 12 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.