Rossiyaning Novosibirsk shahrida ikki nafar o‘zbekistonlik ayol jami 7 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan og‘ir ahvolda qolib ketgan. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bolalarning birortasida ham hujjat bo‘lmagan.
Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Bosh konsulxona tomonidan tashkiliy ishlar hal etilgan.
Jumladan, bolalarga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilgan. Ularga aviachiptalar olinib, barchalari O‘zbekistonga qaytarildi.