Ta‘mirlash ishlari tufayli 24-aprel kuni Toshkentning ikkita tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 14:00 dan 18:00 gacha) — “Oliy Himmat” MFY;
- Sergeli tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) — “Xonobodtepa” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.