Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuvda juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilindi. 

Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e‘tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.