Ikkita hududda chet elga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari Xatirchi tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaroning ishonchiga kiradi.
U barcha hujjatlarni o‘zi tayyorlagan holda, uni Bolgariyag ishga yuborish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent viloyatida yashovchi 29 yoshli shaxs 2 nafar fuqaroning ishonchiga kiradi.
U fuqarolarni Isroilga ishlash uchun yuborish va ishchi vizasini o‘zining tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 20 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs Qashqadaryo viloyatiga borib, so‘ralgan pul hisobidan 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.