Ish haftasi davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Havo harorati kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Joriy ish haftasi davomida mamlakat hududi bo‘yicha ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Shimoliy hududlarda esa faqat 3-4-mart kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 

Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq, respublika shimolida 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. Kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga 7-10 daraja iliqqacha pasayadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.

2-6-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 

Bugun va ertaga kunduzi harorat 11-13 daraja iliq bo‘ladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari 4-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 8-10 daraja iliqqacha pasayadi.