Foto: Open source
Oʻzbekiston 2022-yilda 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Agentlikning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi oʻrinni egalladi — 11 159 ta.
Keyingi oʻrinlarda quyidagi mamlakatlar keltirilgan:
- Koreya — 9414 dona;
-
Qozogʻiston — 7208 dona;
-
Rossiya — 1499 dona;
-
AQSH — 555 dona;
-
Yaponiya — 157 dona;
-
BAA — 128 dona;
-
Germaniya — 125 dona.