Ta‘mirlash ishlari tufayli 2-mart kuni Toshkentning ikkita tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Shayxontohur tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha) - "Ming terak" ko‘cha;
- Olmazor tumani (11:00 dan 15:00 gacha) - “Qizg‘aldoq” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.