Foto: Repost.uz
Statistika agentligi 2022-yilda Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari haqida maʼlumotini taqdim qildi.
Agentlik keltirayotgan raqamlar oʻtgan yilgisi bilan taqqoslanganda 24 foizga oshgani koʻrinadi.
Yaʼni, 2022-yilda Oʻzbekistonda jami 48 ming 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2021-yilda 39 ming 227 tani tashkil qilgan.
Bu esa 2022-yil uchun har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promillega toʻgʻri kelishini anglatadi.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni eng koʻp – Toshkent shahri –(5 901 ta) hamda Fargʻona (5 445 ta) va Toshkent (5 098 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Shuningdek:
- Andijon viloyati – 5019 ta;
-
Samarqand viloyati – 4907 ta;
-
Namangan viloyati – 4394 ta;
-
Qashqadaryo viloyati – 3472 ta;
-
Surxondaryo viloyati – 2810 ta;
-
Buxoro viloyati – 2561 ta;
-
Xorazm viloyati – 2138 ta;
-
Qoraqalpogʻiston R. – 2067 ta;
-
Sirdaryo viloyati – 1764 ta;
-
Jizzax viloyati – 1728 ta;
-
Navoiy viloyati – 1430 ta.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2022-yilning dekabrida qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani aytilgan edi.