Oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi

Bunga 4-8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunga 4-8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 

Shu bois, respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi elon qilinadi. Ushbu hududlar:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumanida.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.