Toshkent viloyatida sud hukmini o‘zgartirish evaziga pul olgan advokat ushlandi

Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 10 ming dollar evaziga sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan advokat ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Advokat fuqaroga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.