O‘zbekiston fuqarolariga Erondan Turkmaniston orqali tranzit chiqib ketishida yordam ko‘rsatiladi

Ashxoboddagi elchixona Turkmaniston TIV tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali qaytayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Fuqarolarni “Saraxs” Turkmaniston–Eron chegara nazorat-o‘tkazish punktida kutib olish uchun Elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.

O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining aloqa maʼlumotlari:

  • +993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
  • +993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
  • +993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul)